Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qqiz oyda O‘zbekiston yo‘llarida 1,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi
2025 yil yanvar-sentabr oylari davomida mamlakatda 5,9 ming yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ularda 1,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, yana 4,6 ming fuqaro jarohat oldi. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov yalpi majlisda ma’lum qildi.
Foto: iStock
Senator ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy YTH soni 3,8 foizga kamaygan, halok bo‘lganlar 4,8 foizga qisqargan, jarohatlanganlar 3,5 foizga kamaygan, piyodalar ishtirokidagi avariyalar 5,8 foizga pasaygan.
Qayd etilishicha, avariyalar dinamikasidagi pasayishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
- YHQga amal qilish madaniyatining oshishi;
- haydovchilarni tayyorlash tizimining yaxshilanishi;
- yo‘l harakatini boshqarishda raqamlashtirishning huquqiy asoslari rivojlanishi.
Avvalroq besh oy ichida YHQni buzganligi uchun 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:44 / 13.12.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi
13:01 / 11.12.2025
Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, haydovchi halok bo‘ldi
09:11 / 10.12.2025
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
08:08 / 10.12.2025