Jizzax şahrida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida haydovçi halok böldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 9 dekabr kuni soat 05:10 atrofida şaharning «Xayrobod» MFY hududidan ötuvçi D-047 Jizzax–Döstlik–Gagarin-M39 avtomobil yölining 5-kilometrida yuz bergan.

19 yoşli haydovçi Nexia-3 avtomobilini Olmaçi–Xayrobod yönalişi böylab boşqarib ketayotgan vaqtda rul boşqaruvini yöqotib, qarama-qarşi yönalişda kelayotgan «KamAZ-53212» rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşib ketgan.

Haydovçi turli tan jarohatlari bilan RŞTYoIM Jizzax filiali jonlantiriş bölimiga yetkazilgan va öşa yerda vafot etgan.

Avvalroq Jizzax–Ğallaorol avtomobil yölida özidan oldinda ketayotgan maşinani quvib ötmoqçi bölgan Matiz ZIL-130 yuk maşinasi bilan töqnaşgan, oqibatda Matiz haydovçisi va 2 yölovçisi voqea joyida halok bölgani xabar qilingandi.