Toşkent şahar IIBB YHXB ma’lumotiga köra, joriy yil 9 dekabr kuni soat 09:00 larda Olmazor tumani Sebzor köçasida Tracker-2 rusumli avtomaşina haydovçisi Nexia-3 avtomaşinasiga nisbatan avariyaviy xavfli holat yuzaga keltirgan.

Natijada Nexia-3 rulini boşqariş imkoniyatini yöqotgan haydovçi yöl çetidagi yoritgiçlar uçun möljallangan ustunga borib urilgan va yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

YTH oqibatida Nexia-3 haydovçisiga şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar barça yöl harakati qatnaşçilaridan qoidalarga qat’iy rioya qiliş, ayniqsa, ziç harakat va tor köçalarda ehtiyotkorlikni yanada oşirişni söragan.