Sport | 21:28 / 06.04.2017
9558
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy Ligada favoritlar yutqazishi odatiy holga aylandi. «Bunyodkor» va «Lokomotiv»da mag‘lubiyat

Bugun, 6 aprel kuni Oliy Liganing 5-turi doirasida 2ta uchrashuv o‘tkazildi. 

Kutilmaganda amaldagi chempion «Lokomotiv» «Sho‘rtan»ga qarshi o‘yinda qoqildi. «Sho‘rtan» o‘z maydonida 2:0 hisobida ustun keldi.

Dastlab, Umarbek Eshmurodov 17-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, keyin Igor Taran 78-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alaba joriy mavsumda «Sho‘rtan» uchun ilk g‘alaba,  «Lokomotiv» uchun esa ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Endilikda, «temiryo‘lchilar» 4 uchrashuvdan 9 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda qolmoqda, «Sho‘rtan» 5 uchrashuvdan 5 ochko bilan to‘qqizinchi o‘ringa joylashdi.

«Bunyodkor» Toshkentda «Qizilqum»ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. 41-daqiqada Ilhom Yunusov tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

«Bunyodkor» endilikda 4 o‘yindan 5 ochko olgan holda 12-pog‘onada, «Qizilqum» 5 o‘yindan 6 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Oliy liga, 5-tur
«Sho‘rtan» - «Lokomotiv» — 2:0
Gollar: Umarbek Eshmurodov (17), Igor Taran (78)
«Sho‘rtan»: Eldor Tojiboyev, Aziz G‘ulomxo‘jayev, Sardor Sobirxo‘jayev, Jamol Otaqulov, Zafar Polvonov, Umarbek Eshmurodov, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Ma'rufxon Murodov (G‘ulom Rahmonov, 73), Otabek Narzullayev, Igor Taran (Olim Karimov, 81)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Diyorjon Turopov, Muhammad Kone (Bobur Yo‘ldoshev, 58), Salim Mustafoyev (Sardor Mirzayev, 75), Islom To‘xtaxo‘jayev, Quvondiq Ro‘ziyev, Kaxi Maxaradze, Oleg Zoteyev,  Ikrom Aliboyev (Salomat Qutiboyev, 66), Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev.

«Bunyodkor» — «Qizilqum» 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 - 41 Ilhom Yunusov.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Akrom Komilov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Javlon Mirabdullayev, Dushan Michich, Otabek Shukurov, Nurullo To‘xtasinov (Vadim Chemirtan, 58), Davron Umirov, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov, Shahzodbek Nurmatov (Javohir Esonqulov, 69)
«Qizilqum»: Umidjon Xonimqulov, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov, Fayzulla Qambarov, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov, Behzod G‘anijonov (Artur Gevorkyan, 71), Jasur Xasanov, Azamat Allaniyozov
Ogohlantirishlar: Dushan Michich 18, Jasur Hasanov 51, Fayzulla Qambarov 63, Shukurali Po‘latov 69, G‘ayrat Jumayev 85.

Mavzuga oid