Jamiyat | 14:24 / 27.05.2018
52457
3 daqiqa o‘qiladi

Taqvo – bandani Allohning do‘stiga aylantiradi, ularga esa oxiratda azob yo‘q

KUN.UZ tahririyati loyihalaridan biri bo‘lmish “Islom nuri” dasturining bugungi mavzusi Ramazonning taqvo oyi ekanligida. Bu haqda “Hazrati Ali” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Sharipov batafsil so‘zlab berdi.

YouTube'da tomosha qilish

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tas-IX'da tomosha qilish

- Alloh taolo o‘z kalomida marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar, avvalgi o‘tgan ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyad taqvodor bo‘lsangiz”. Ulamolar taqvoni barcha yaxshiliklarni jamlovchi go‘zal fazilat dedilar. Hamma yaxshiliklar, barcha insoniy go‘zal fazilatlar ana shu taqvoning ortidan keladi.

Taqvoning mohiyatini qisqacha tushuntiradigan bo‘lsak, u Alloh taolodan qo‘rqishdir. Bundan tashqari Allohning buyruqlarini qilish, U qaytargan ishlardan qaytish ham taqvodir. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a) aytadilarki: “Taqvo bu Alloh taologa itoat qilish, unga isyon qilmaslik. Uni doim eslab yurishlik, uni yoddan chiqarmaslik hamda bergan ne'matlariga shukr qilishlik va noshukrchilik qilmaslikdir”. 

Foto: Salohiddin Sharipov / Kun.uz

Ramazon oyining ro‘zasida mo‘min-musulmon odam aynan mana shu malakaning egasiga aylanadi. Kuni bilan yemoq-ichmoqlikka imkoniyatimiz bor, ammo yemoq-ichmoqlikni tark qilamiz. Bunda bizlarni ushlab turgan narsa nima? Xuddi ana shu narsa taqvo deyiladi. Banda ro‘za ibodatini qilayotgan paytda, Alloh taolo meni ko‘rib turibdi, degan tushunchaga keladi. Qani endi bugungi insoniyat ana shu tushuncha bilan yashaganida edi... Ana unda mana shu tushuncha bo‘lsa, u yolg‘iz qolganida ham, nazoratsiz bo‘lganida ham hech qachon gunohga qo‘l urmaydi. Ana shu fazilat, ana shu tushunchaga bugun insoniyat muhtoj. 

Ramazon ro‘zasini tutib, banda ana shunday go‘zal fazilat sohibiga aylanadi. Taqvoli inson Alloh taoloning valiysi, do‘sti bo‘ladi. Alloh taolo Qur'oni karimda: “Ogoh bo‘ling, Allohning valiylariga xavf-xatar yo‘q, ularga mahzun, g‘amgin bo‘lish yo‘q”, deb marhamat qiladi. Allohga taqvo qilgan bandalariga oxiratda g‘am-g‘ussa yo‘q, mahzunlik yo‘q. Taqvo ana shunday fazilat.

Maqola O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.

Mavzuga oid