Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qalbaki AQSh dollariga mashina xarid qilmoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ikki nafar shaxs fuqaroga tegishli Cobalt mashinasini sotib olishga kelishib, unga 13 400 qalbaki AQSh dollarini berishgan.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma’lum qilishicha, departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, fuqaro A.J. va R.M. o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.ga tegishli bo‘lgan Cobalt mashinasini 13 400 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, unga aldov yo‘li bilan 134 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni bergani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda 15 mingdan ortiq qalbaki dollar musodara qilingandi.
Mavzuga oid
19:32 / 18.01.2026
Masdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025