Yunusobod tumani IIO FMBdan olingan ma’lumotlarga köra, joriy yil 4 avgust kuni B.E. ismli şaxs qölga olingan. Toşkent şahar IIBB JQB xodimlari tomonidan uning «Spark» avtomobili salonidan qalbaki 15 762 AQŞ dollari topilib, olib qöyilgan. 

Mazkur kupyuralar haqiqiyligini aniqlaş uçun Toşkent şahar IIBB EKMga topşirildi. Ötkazilgan ekspertiza xulosasiga köra, 157 dona 100 AQŞ dollari, 7 dona 10 AQŞ dollari va 2 dona 1 AQŞ dollari qiymatidagi kupyuralar qalbaki usulda tayyorlangani aniqlangan. 

Ekspertiza xulosasi qalbaki pullarni sotişda gumon qilingan şaxsga nisbatan qonuniy çora köriş uçun Yunusobod tumani IIO FMB tergov bölimiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksi 176-moddasi 3-qismi («Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş») bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda uşbu jinoyatga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş maqsadida tezkor-tergov tadbirlar olib borilmoqda.