Ma’lum qilinişiça, Yunusobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ş.Y. va E.A. qalbaki 9 900 AQŞ dollarini 5 000 AQŞ dollariga fuqaro A.B.ga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Tezkor tadbir Departamentning Yunusobod tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda amalga oşirilgan.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. qalbaki 700 AQŞ dollarini bank muassasasida ayirboşlaş uçun kassaga taqdim qilgan vaqtida uşlangan. Mazkur qalbaki pul aşyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilişiça, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolar va tadbirkorlarni ehtiyotkor bölişga çaqirib, qalbaki valuta qimmatliklarini bilmagan holda qabul qilib, keyinçalik muomalaga çiqariş ham jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkinligini eslatdi.

Şu bois, özaro hisob-kitoblarni Özbekiston hududida qonuniy tölov vositasi hisoblangan milliy valutada amalga oşiriş tavsiya etildi.