Joriy yilning 1 oktyabridan boşlab Yakka tartibdagi tadbirkorlarning (YaTT) soliq idoralariga daromad soliğini tölaganligi haqidagi hisobotni topşiriş majburiyati bekor qilinadi. 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) faoliyat yurituvçi YaTTlar belgilangan ijtimoiy soliq stavkasini ikki baravarga pasaytirilgan holda tölaydi.
«Tadbirkorlik sub'yektlari uçun ma'muriy va soliq yukini yanada kamaytiriş, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.
Belgilanişiça, 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab quyidagilar bekor qilinadi:
· Yakka tartibdagi tadbirkorlarning (YaTT) soliq idoralariga daromad soliğini tölaganligi haqidagi hisobotni topşiriş majburiyati;
· alohida tayyor import iste'mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylaştirilgan sanadan keyin 12 oy ötgaç sotuvga qöyilişi hamda çakana savdoda realizatsiya qilinişiga qöyilgan taqiq;
2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) faoliyat yurituvçi YaTTlar belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida tölaydi.
Savdo-sanoat palatasiga mahalliy şartnomalar doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarini tasdiqlaş vakolati beriladi.
2021 yil 1 oktyabrdan davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalari tegişli tartibda bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining qonunçilik talablariga muvofiqligini tekşiriş böyiça davlat nazorati funksiyalari röyxati qonun bilan tasdiqlanadi va röyxatga kiritilmagan davlat nazorati funksiyalarini amalga oşirişga yöl qöyilmaydi.

















