2026 yil 1 yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun soliq tölaş tartibi özgaradi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2026-2028 yillarga möljallangan Budjetnomadan (.pdf) ma’lum bölmoqda.
Qayd qilinişiça, yillik aylanmasi bir milliard sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar aylanmadan 1 foiz miqdorida soliq tölaydi.
Şu munosabat bilan quyidagi tartib bekor qilinadi:
– yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş;
– soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişdan daromadi 100 million sömdan oşmagan özini özi band qilgan şaxslarni aylanmadan olinadigan soliq tölaşdan ozod qiliş.
Ta’kidlanişiça, bu tadbirkorlar uçun teng şaroit, qulay biznes muhitini yaratiş hamda qöşimça yengilliklar taqdim etiş maqsadida joriy etilmoqda.












