Adliya vazirligi Soliq hisoboti şakllariga özgartirişlarni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami 3221-8, 2025 yil 26 noyabr). Mazkur hujjat ayrim qonunçilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti şakllarini töldiriş tartibini takomillaştirişga qaratilgan.

Yangi tartibga muvofiq, yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilangan. Şu munosabat bilan uşbu toifadagi soliq tölovçilar uçun hisobotning soddalaştirilgan şakli joriy etilmoqda.

Şuningdek, tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgaça bölgan qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanib, umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizatsiya qilişdan olingan foyda uçun nol soliq stavkasi qöllanadi. Yangilangan soliq hisoboti şakllarida mazkur imtiyozni inobatga oluvçi alohida qatori va maydonlari nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, xalq deputatlari kengaşlari ijara tölovining eng kam stavkalariga nisbatan tuman va şaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanişi darajasidan kelib çiqib 2,0 gaça oşiruvçi koeffitsiyent joriy etişga haqli ekanligi inobatga olingan. Şu bois jismoniy şaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uçun stavkani alohida töldiriş talabi soliq hisoboti şakllaridan çiqarib taşlanmoqda.

Mazkur özgartişlar 2026 yil 1 yanvardan amalga kiritilib, tadbirkorlar va soliq tölovçilar uçun hisobot beriş jarayonini soddalaştiriş hamda amaldagi qonunçilikka moslaştirişga xizmat qiladi.