O‘zbekistonda viloyat darajasidagi 3ta sud bitta sud sifatida birlashtiriladi
Yangi yildan boshlab, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat darajasidagi 3 ta sud bitta sud sifatida birlashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kungacha viloyat sudlari chiqargan qaror ustidan berilgan shikoyatlar shu sudlarning o‘zida ko‘rib chiqilar edi. 2019 yilda viloyat sudlari qabul qilgan 13 mingta shunday qaror Oliy sud tomonidan o‘zgartirilgan va bekor qilingan.
“Kelgusi yildan boshlab, bir-birini takrorlaydigan sud bosqichlari qisqartiriladi. Odil sudlovga xos bo‘lmagan ishlarni nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti bekor qilinadi.
Navbatdagi muhim masala – yangi yildan boshlab, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat darajasidagi 3ta sud bitta sud sifatida birlashtiriladi. Bu yangilik aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklar yaratadi.
Shuningdek, kelgusi yildan sud muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib sifatida joriy etiladi.
Bunda ishni to‘xtatish yoki tugatishga asos yetarli bo‘lsa, sud ishni avvalgiday tergov yoki prokurorga qaytarmasdan, o‘zining yakuniy qarorini qabul qiladi”, - dedi prezident.
Ma'lum qilinishicha, investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi. Endi yirik investorlar, o‘z xohishiga ko‘ra, nizoni hal qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.
Sud tizimida raqamlashtirish yanada kengaytirilib, fuqarolarga sud binosiga kelib yurmasdan, onlayn tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, fuqarolar o‘z arizalarini ko‘rib chiqish jarayonini masofadan turib kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024