20:00 / 03.07.2020
10671

O‘zbekistonda tadbirkorlikka ixtisoslashtirilgan birinchi xususiy oliy ta’lim muassasasi - TEAM University qanday tashkil etilgani haqida

TEAM University – O‘zbekistonda tadbirkorlik bo‘yicha birinchi universitetdir. Uning asoschilari – muvaffaqiyatga erishgan mahalliy tadbirkorlarimiz va chet elda ta’lim tizimi boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha kuchli bo‘lgan o‘z ishining mohir mutaxassislari hisoblanadi.

TeAM qanday paydo bo‘lganligi xususida

Ko‘pincha tadbirkorlar faqat nazariy va bozor talablariga javob bermaydigan eskirgan bilimga ega universitet bitiruvchilariga duch kelishadi. Bunday talabalarning malakasini oshirish uchun ba’zan bir oy, ba’zan esa hatto bir necha yil vaqt sarflash kerak. Korzinka.uz va TEAM University'ning muassislaridan biri Zafar Hoshimov shunday deydi:

Bugungi kunda moliya va menejment fakulteti talabalari (biz haqiqatan ularga muhtojmiz) zamonaviy talablarga javob bermaydigan darsliklardan bilim olishadi. Bunday mutaxassislarni qaytadan o‘qitishga to‘g‘ri keladi. Yaxshi hamki ular qaysidir asosiy bilimlarga ega, biroq ko‘pincha talabalar egallagan bilim ketgan to‘rt yil vaqt hamda sarflangan mablag‘larga arzimaydi.

Zafar Hoshimov

 

Aksariyat bitiruvchilar shartnomaga ko‘p pul sarflab, ozgina maoshga amaliyotchi bo‘lib ishlashni xohlamaydi. Shu bilan birga biror bir tadbirkor yuqori mavqedagi katta lavozimga “xom, pishmagan” mutaxassisni ishga olmaydi. Ammo har doim tadbirkorlar ushbu lavozim uchun mutaxassislarga muhtoj bo‘ladi. Ushbu holatni Office Market, Dekos, Mfaktor kompaniya guruhlarining hammuassisi Hasan Masaidov shunday ta’kidlaydi:

Xususiy sektor sub’yektlari nufuzli universitet bitiruvchilari ortidan yugurishlari kerak, ammo bu holat aksincha bo‘lmasligi shart. Ishga qabul qilish natijasiga ko‘ra, yangi xodim qandaydir yangilik olib kirishi hamda ishonchimni oqlashi, men unga loyiha va guruhimni xotirjam ishonib topshira olishim zarur.

Xorijdagi OTMda talabalar amaliyot olib borishi uchun tadbirkorlik korxonalari bilan doim hamkorlik olib boriladi, moslashuvchan o‘quv dasturlari tatbiq etiladi, ta’lim oluvchilarning bor imkoniyatlari hamda qobiliyatlarni to‘liq namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi. Afsuski, shakllangan mahalliy dasturimizda bu imkoniyatlar keskin cheklangan.

Alan Frans

Alan Frans TEAM University Vasiylik kengashi raisi, 18 yil Yevropadagi biznes maktablarni boshqargan, 2002 yildan 2019 yilgacha Toshkentdagi Vestministr universitetida faoliyat olib borgan. Uning aytishicha, mamlakatdagi aksariyat universitetlar boshqaruv uslubini o‘zgartirish shart:

Universitet rahbariyati fikrlashini liberallashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bugun butun dunyoda biz ko‘rayotgan, trend darajasiga aylanib borayotgan jihatga e’tibor qaratish kerak: ta’lim muassasasining amaliyotda ham tatbiq etilishi hisobga olingan o‘z o‘quv dasturlari va kurslar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish kerak.

Sifatli ta’lim olish, vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li – chet elda ta’lim olish. Biroq ushbu tanlov oilalarga bir qancha moddiy va ruhiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi: ota-onalar uyidan ancha uzoqda bo‘lgan farzandlarining xavfsizligi borasida xavotir oladi, farzandlar yaqinlaridan uzoqda ancha yil sog‘inch hissi bilan yashaydi, oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladi. Uyga kelish yoki mehmonga uchib borib, qaytib kelish o‘qish uchun rejalashtirilgan budjet mablag‘lariga qo‘shimcha moliyaviy yuklamani yuzaga keltiradi. Bundan tashqari chet elda olingan bilimlar O‘zbekiston sharoitiga muvofiq kelmasligi mumkin. Va bu qaytadan o‘rganish uchun sa’y-harakat qilish demakdir.

Hikmat Abdurahmonov

TEAM University asoschilari ushbu og‘riqli masala va muammolarni juda yaxshi bilishadi. Universitet ta’sischilaridan biri Hikmat Abdurahmonov bu ishga nima uchun qo‘l urganini gapirib berdi:

– Ta’lim sohasi ham, tadbirkorlik ham men sevgan sohalardir. TEAM University men uchun ularning uyg‘unlashgan makoni bo‘ldi. Tadbirkor sifatida bizga o‘z faoliyatining birinchi kunidanoq muhim vazifalar ishonib topshira olinadigan bilimli mutaxassislar kerak. Ota-ona sifatida farzandimiz sifatli ta’lim olayotganidan, xavfsiz, qulay shart-sharoitda ekanligidan, doim qo‘llab-quvvatlay olishimizdan xotirjam bo‘lishimiz shart. Ta’lim sohasi mutaxassislari sifatida biz OTM dasturida nimani qanday yo‘l bilan yaxshilash mumkinligini oldindan ko‘rmoqdamiz hamda uni o‘quv amaliyotiga joriy qilmoqchimiz. TEAM University talabalar, tadbirkorlar, ota-onalar va ilg‘or g‘oyali o‘qituvchilar uchun shunday imkoniyat yaratadi.

TEAM boshqa OTMdan nimasi bilan farq qiladi?

1. Foydali netvorking. Bu yerda siz talabalar va ulkan kompaniyalarning top-menejerlari hamda tadbirkorlar jamoasiga qo‘shilasiz. Zafar Hoshimov, Hikmat Abdurahmonov va boshqa ta’sischilar tadbirkorlik sohasida o‘zlarining barcha aloqalari – ishbilarmon hamkorlari, yirik mijozlari, top-menejerlari, turli sohadagi mutaxassislarni ishga soladi. Sizlarni biznes-nonushtalar, norasmiy uchrashuvlar, muvaffaqiyatga erishgan shaxslar tomonidan sizga alohida qilinadigan murabbiyliklar, ma’ruza va amaliyotlar kutadi. TeAM talabalari aslo zerikishmaydi, balki amaliy bilimga ega bo‘ladi va foydali aloqalar o‘rnatishadi. Axir ijtimoiy kapital rahbarlik lavozimi hamda biznes rivojlanishi uchun juda muhim hisoblanadi.

2. Ilk kunlardanoq amaliyot va malaka oshirish. O‘quv yilining boshidanoq siz O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarda amaliyot o‘taysiz. Biz asosiy e’tiborni mahalliy shart-sharoitlarimiz hamda o‘zimizning korxonalarda olib boriladigan amaliyotga qaratamiz. Chunki chet elda o‘qish paytida olingan bilimlar O‘zbekiston sharoitiga mos kelmasligi mumkin. TEAM University aksariyat talabalari ta’lim olish davrining o‘rtalarida ota-onasiga og‘irligini solmaydigan ish o‘rni topib to‘lov-shartnoma pulini o‘zlari mustaqil to‘lay oladigan bilimli mutaxassislarga aylanadi. Ta’lim olishning so‘nggi yillarida esa sizni ish bilan ta’minlash uchun ish beruvchilar o‘zaro kurashadi yoki o‘zingizning tadbirkorlik ishingizni yo‘lga qo‘yasiz.

3. Moslashuvchanlik – “egiluvchanlik ko‘nikmalari”ni rivojlantirish (soft skills). TEAM University'da faqat amaliy ko‘nikmalar rivojlantirilmay, balki fe’l-atvorning “soft skills” deb atalmish fazilatlari ham takomillashtiriladi. “SeO Newmax Technologies”ning asoschisi Akmal Payziyev bitiruvchilar uchun zarur bo‘lgan quyidagi fazilatlarni keltirdi:

Tahliliy tafakkur, biznes bilan aloqa va muloqotga kirisha olish qobiliyati, tez o‘rganish ko‘nikmasi, jamoatchilik bilan birga faoliyat olib borish qobiliyati, moslashuvchanlik, o‘z fikrini dalillar bilan bayon eta olish fazilatlari juda muhim.

TEAM University'da siz nafaqat ushbu fazilatlarni rivojlantirasiz, balki tanqidiy fikrlash, vaqtni to‘g‘ri boshqarish, maqsadni qat’iy belgilash, yetakchilik, taqdimot o‘tkazish, qaror qabul qilish hamda mas’uliyatni o‘z zimmangizga olish ko‘nikmalarini egallaysiz.

4. O‘qituvchilar jamoasi. Har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar sizning o‘sish mavqeingizga foyda keltirishi uchun biz mahalliy bozor to‘g‘risida bilimga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchi va mentorlar jamoasini tuzmoqdamiz. O‘qituvchilarimizdan befarqlik va odatiy ma’ruzalar kutmang: har bir mashg‘ulot qiziqarli bo‘ladi, chunki ular o‘zgacha dars bera olishmaydi.

Qanday akademik jamoa to‘playotganimizni ko‘rganim holda talabalarimiz kelajagidan xursandman. Bular, ta’lim rivojlanishiga 30 yildan ortiq vaqtini sarflagan Alan Frans, xalqaro kompaniyalarga maslahat berishning ulkan boy tajribasiga ega Alisher Hasanov, mahalliy ulkan kompaniyalarda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan hamda HR sohasining haqiqiy amaliyotchisi Olga Pak va shu kabi insonlar to‘plangan. Bunday insonlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar har bir odamni bilim olishga va taraqqiyot jarayoniga qiziqtira oladi va o‘zlari ham doim bilimlarini takomillashtirib boradi. Axir biz talabalarimizga nafaqat sifatli, balki dolzarb bilimlarni ham bera olishimiz shart, - deb ta’kidladi TeAM universitetining talabalar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Aleksey Semyonov.

Ayrim ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni Zafar Hoshimov, Hikmat Abdurahmonov, Aziza Umarova, Akmal Payziyev, Muzaffar Qosimov, Hasan va Husan Mamasaidov va boshqa ular singari taniqli tadbirkor va biznes konsultantlar olib boradi.

5. Ta’lim berishning o‘ziga xos modeli. Biz keraksiz fanlardan voz kechdik – TEAM'da kelajakda sizga zarur va kerak bo‘ladigan fanlar o‘qitiladi. Asosiy e’tibor mahalliy kompaniyalardagi ishlarni tahlil qilishga, o‘yin simulyatsiyalari hamda loyihalar ustida ishlashga qaratiladi. Ha-ha, aynan har bir talaba o‘qish paytida tajribali murabbiyi (mentori) yordamida o‘z loyihasi ustida faoliyat olib boradi (shuning uchun dangasalar uchun bu qiyin bo‘ladi). Shuningdek biz Moodle elektron ta’lim platformasini taqdim etamiz, unga muvofiq siz onlayn qoldirilgan mavzularni o‘rganishingiz yoki oldingi kurslarda berilgan ma’lumotlarni takrorlashingiz mumkin. TEAM University'ning hammuassisi Muzaffar Qosimov mas’uliyatlilik darajasini tan oldi:

Yo‘l qo‘yilgan har qanday kamchilik O‘zbekistonda yangi paydo bo‘layotgan nodavlat oliy ta’lim tizimiga zarar keltirishini bilgan holda biz doim o‘zimizga-o‘zimiz hisobot beramiz. Shuning uchun boshidanoq katta e’tibor har bir bosqichda sifatning ta’minlanishiga berilmoqda. Universitet ishga tushgach ta’lim berishning sifat darajasini baholash uchun mustaqil kompaniya hamda hamkor universitet jalb qilinadi.

6. LSBU'dan xorij diplomi. Ta’lim olish yakunlangach, ciz mahalliy diplom bilan birga Buyuk Britaniya universiteti LSBU'ning diplomini olasiz. Ushbu universitet hamkor sifatida tasodifan tanlanmagan. To‘rt yil oldin u Buyuk Britaniyada tadbirkorlik bo‘yicha eng yaxshi OTM bo‘ldi va ikki yil ketma-ket “Bitiruvchilar uchun yil universiteti” mukofotini olib kelmoqda. LSBU dasturi o‘zgaruvchan bozor talablariga oson moslashadi hamda shaxsiy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. LSBU haqida batafsil ma’lumotlarni bu yerda o‘qishingiz mumkin. Ikki diplomingiz mavjudligi sizga ham O‘zbekistonda, ham dunyoning istalgan mamlakatida ishlashga imkon beradi.

7. Muhit va ko‘p yo‘nalishlilik. Biz ta’lim olish jarayoni quvonch bag‘ishlashi va TeAM'da o‘tkazadigan har bir daqiqangizdan zavq olishingiz xususida ham o‘yladik. Kampusimizda qulay ergonoik mebel, loyihalar ustida mustaqil amaliyot va ish olib borish uchun joylar, yashil muhit, bepul vay-fay, shirin taomlari bor kafeteriy-oshxona, ajoyib kutubxona, birgalikda faoliyat olib boruvchi bino va boshqa muassasalar  mavjud. Bundan tashqari TeAM'ning har bir talabasi Toshkent shahrining turli tumanlarida joylashgan o‘zi istagan Ground Zero kovorking-markazlaridan mustaqil ravishda tekinga foydalana oladi.

8. Talab yuqori bo‘lgan sohalar. TEAM University'ning rektori Alisher Hasanov quyidagilarni ta’kidladi:

Universitetlar ta’lim sohasida o‘zlarining muhim ahamiyatga ega ekanligini isbot qilishi, ko‘rsatishi lozim. Ular nafaqat bitiruvchilari faoliyatiga o‘z munosabatini bildiribgina qolmay, 3-5 yildan so‘ng qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari shartligini ham oldindan ko‘ra olishi shart.  

Biz bozor tendensiyalarini tahlil qilib O‘zbekiston mehnat bozorida 3-5 yildan so‘ng talab yuqori bo‘ladigan yo‘nalishlarni tanladik. Bular – dijital marketing va kommunikatsiya, turizm yo‘nalishidagi tadbirkorlik hamda mehmonxona va mehmondorchilik sanoati yo‘nalishlari. Siz OTMni bitirganingizda ish beruvchilarning talabi ushbu soha mutaxassislariga yuqori bo‘ladi. TeAM jamoasi mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni doim kuzatib boradi, shuning uchun keyingi yillarda ta’lim yo‘nalishlariga talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar qo‘shiladi.

9. Rasmiyatchilikning yo‘qligi. TeAM universitetida qat’iy forma kiyish talabi yo‘q, sizning muvaffaqiyatingiz darslarga kelishingiz yoki tashqi ko‘rinishingiz bilan belgilanmaydi. Biz talabalarimiz erkin muhitda ulg‘ayishini istaymiz. Faqat shunday muhitdagina sizning tafakkur doirangiz kengayadi, ijodkorligingiz rivojlanadi.

10. Talabalar uchun grantlar. Sifatli oliy ta’lim har doim kelajakda yuqori pog‘onaga ko‘tarilish uchun ijtimoiy lift hamda investitsiya vazifasini bajaradi. Biz chet el universitetlari misolida iqtidorli talabalarning ta’lim olishi homiy va bo‘lajak ish beruvchilar tomonidan to‘lanishini istaymiz. Shuning uchun ham TeAM ta’sischilari 2020 yilda har bir talaba uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashga qaror qildi.

Bu yil yozda hujjatlaringizni topshiring, saralash bosqichidan o‘ting hamda biz o‘qish narxining 35%ini – 20.650.000 so‘mni qoplaymiz!* Keyingi yili siz grantning ushbu miqdorini saqlab qolishingiz va kontrkt to‘lovining 100%gacha yetkazishingiz mumkin. Buning uchun ta’lim jarayonida a’lo o‘qishingiz hamda jamoatchilik ishlarida faol bo‘lishingiz shart.

TeAMga qanday qilib kirsa bo‘ladi?

Bu yil TeAM'ga biz talabalarni kirish imtihonlarisiz qabul qilamiz, biroq sizning ingliz tilida egallagan bilimlaringiz hamda attestat natijalaringizga qaraymiz. E’tibor bering, TEAM University'ga kirish uchun 5,5 va undan yuqori IELTS sertifikati zarur. Hozircha bunday sertifikatingiz bo‘lmasa, uning o‘rniga o‘tadigan boshqa sertifikat (masalan, IELTS Indicator)ni taqdim etishingiz mumkin.

Qabul qilish jarayonida IELTS'dan hamda attestatda yuqori ballga ega abituriyentlarning imkoniyati ko‘proq. Shuningdek, talabalarning volontyorlik faoliyatida tajribaga egaligi, ijtimoiy faolligi va yetakchilik fazilatlarini yuqori baholaymiz.

TEAM University'ning ilk bitiruvchisi bo‘lish sharafiga faqat 500 nafar abituriyent ega. Omadlilar safida bo‘lish uchun ariza berishga shoshiling. Buning uchun:

  • teamuni.uz saytiga kiring;
  • Yuqori qatordagi o‘ngda joylashgan “Register Now” tugmachasini bosing;
  • Ma’lumotlaringizni kiriting va bizga yuboring.

Qabul komissiya vakillari har bir murojaatchi bilan bog‘lanadi. Kelajakda yetakchi bo‘ladigan talabalarimizga omad tilaymiz!

*- TEAM Universityda ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovining to‘liq narxi grantlar hisobga olinmagan holatda 59 million so‘m.

Manzil: Toshkent shahri, Temur Malik ko‘chasm, 146.

Telefon: +998 71 200 20 60

Batafsil ma’lumot uchun:

Sayt: teamuni.uz

Facebook: fb.com/teamuni.uz

Instagram: @teamuni_uz

Telegram: t.me/TEAMuniversityuz

Reklama huquqi asosida

Top