Jahon | 13:16 / 19.09.2018
4189
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada «Fort Tramp» bazasi paydo bo‘lishi mumkin

Foto: Getty Images

Polsha prezidenti Anjyey Duda AQSh mamlakat hududida ochishi mumkin bo‘lgan Amerika yangi bazasini «Fort Tramp» deb nomlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Polsha hukumati AQShga Rossiyaning ehtimoliy tajovuzkorligi fonida NATO ittifoqchisi sifatida muntazam harbiy ishtirokni ta'minlash haqidagi iltimos bilan chiqqan. Xususan, Dudaning so‘zlariga ko‘ra, «Fort Tramp» ehtimoliy ziddiyatda «tayanch nuqtasi»ga aylanishi lozim bo‘ladi.

«Biz bunga juda jiddiy qaramoqdamiz. Men bilamanki, Polshaga bu g‘oya yoqmoqda, ha, biz uni ko‘rib chiqmoqdamiz», - dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Polsha Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga qarshi birgalikda kurashishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid