Ma'lumki, karantin vaqtida stikersiz yoki ruxsat etilmagan vaqtlarda transport vositalaridan foydalangan şaxslarga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy jarima qöllanmoqda.

Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 4 apreldagi qaroriga asosan, uşbu ma'muriy huquqbuzarlarning transport vositalari huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan karantin davrida uşlab turilişi belgilandi.

Xalq qabulxonalarida ham hal bölmayotgan murojaatlar

Kuni keça Telegram`dagi rasmiy sahifamizda berilgan e'longa muvofiq, holat böyiça tahririyatga köplab murojaatlar kelib tuşdi.

Quyida ulardan ayrimlarini keltirib ötamiz.

Urgut tumanida yaşovçi Faxriddin Najmiddinov öz boşidan ötgan voqeani quyidagiça sözlab berdi:

«Onam kasal, doimiy dori-darmon bilan parvarişlaymiz. Yaşaş manzilim atrofida apteka yöqligi sababli tuman markazi tomon harakatlandim. Yölda meni YPX xodimlari töxtatib, Urgut tumani «qizil hudud»ga kiritilganini aytib, mendan harakatlaniş uçun maxsus stiker talab qilişdi.

YPX xodimlari xujjatlarimni olib mahalla noziriga berişdi, nozir özini taniştirib ham ötirmay, menga karantin qoidalarini buzgansan, deb ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirdi. SESdan heç kim yöq edi. Avtomaşinamni jarima maydoniga qöyilgani haqida menga heç qanday topşiriş-qabul qiliş dalolatnomasiyam berişmadi. Hatto ma'muriy bayonnomani rasmga tuşirganiyam qöymadi.

Xullas, menga ortiqça tuşuntiriş berib ötirmay, maşinamni olib qöyib, özimni köçaga çiqarib yuborişdi».

Toşkentlik Ilyos ismli fuqaro quyidagiça hikoya qiladi:

«Karantin vaqtida tegişli ruxsatnomasiz maşina boşqargan edim, maşinam olib qöyilib, Çorsudagi jarima maydonçasiga qöyildi. Jarima pulini tölaşga imkonim yuq. Maşinam arendaga olingan edi. Jarima pulini tölolmay turgan bir paytimda jarima maydonçasi uçun tölanadigan pul miqdori ham ösib bormoqda. Bularni qanday tölaşga ham hayronman, juda qiyin ahvolda qoldim».