Deputat nimadan norozi?
Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali sönggi vaqtlarda deputatlarning huquqbuzarliklarga oid holatlar ommaviy axborot vositalarida börttirib körsatilayotgani haqidagi e'tirozi orasida karantin qoidalarini buzgan haydovçilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qöyilişi noqonuniy ekanligi haqida fikr yuritgan.
«Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini uşlab turiş asoslari keltirib ötilgan bölib, unda uşbu kodeksning 54-moddasi talablari, ya'ni epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun transport vositalarini vaqtinça uşlab turiş keltirilmagan. Bundan kelib çiqadiki, joylarda karantinga rioya etmaganlik sababidan avtomobillarni jarima maydonlariga tiqib qöyiş noqonuniydir. U yerda turgan har bir kun uçun tölov ham bor. Negadir bunga köz yumişga harakat qilinyapti. Kodeks bu – qonun. Qaror, topşiriq, buyruqlar qonundan ustunmas», deydi R.Kuşerbayev.
Adliya vazirligi mas'ul xodimi nima deydi?
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi Ğaybullo Primov esa biroz boşqaça fikrda. Uning sözlariga köra, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş asoslari va tartibi belgilangan bölib, unga köra içki işlar organlari tomonidan MJtKning 10dan ortiq moddasida nazarda tutilgan 50ga yaqin qoidabuzarliklar böyiça transport vositalari jarima maydonçasiga joylaştirilişi mumkin.
Şuningdek, kodeksning mazkur moddasida qonun hujjatlarida töğridan-töğri nazarda tutilgan boşqa hollarda ham transport vositalarini jarima maydoniga joylaştiriş mumkinligi belgilangan.
Ma'lumki, prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 29 yanvardagi F-5537-sonli Farmoyişiga muvofiq koronavirusga qarşi kuraş böyiça Respublika maxsus komissiyasi taşkil etildi. Mazkur komissiyasining öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barça uçun bajarilişi majburiy hisoblanadi.
Komissiyaning 2020 yil 4 apreldagi qarorida yöl-patrul xizmati xodimlari karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boşqarganlik uçun transport vositasini jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan uşlab turişi mumkinligi belgilangan.














