O‘zbekiston | 21:55 / 26.04.2026
474
1 daqiqa o‘qiladi

Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan bilan hayvonlarning ro‘yxati belgilangan yuqumli kasalliklari paydo bo‘lganda cheklovchi tadbirlar (karantin)ni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

Foto: Reuters

Tartibga ko‘ra, cheklovchi tadbirlarjoriy etiladigan hududlar yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining biologik va tarqalish xususiyatlari hamda boshqa xavflilik darajalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Karantin joriy etilgan va xavf ostida bo‘lgan hududlarda veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan o‘tkaziladi.

Profilaktika karantin tadbirlari chegara postlarida maxsus tashkil etilgan obektlarda, bunday obektlar mavjud bo‘lmaganda, hayvon egalari xo‘jaliklarida izolyatsiyalangan sharoitda amalga oshiriladi.

Shuningdek, cheklovchi tadbirlar joriy etiladigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari ro‘yxati  ham tasdiqlandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid