Jamiyat | 13:00 / 24.11.2018
5719
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda ilk marta PaymeGo va Click Pass mobil xizmatlari bir vaqtda korzinka.uz tarmog‘ida qabul qilinishni boshladi

Foto: Korzinka.uz

Foto: Korzinka.uz

23 noyabr kuni korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida O‘zbekistonda ilk marta PaymeGo va Click Pass mobil xizmatlari bir vaqtning o‘zida to‘lov uchun qabul qilinishni boshladi. Bu haqda Telegram kanalida xabar qilindi.

Foto: Korzinka.uz

Tarmoqning yil boshidan buyon ikkala xizmat bilan olib borgan keng hajmdagi ishlari, bular birinchi galda:

  • Kassa skanerlarining maxsus turdagilariga almashtirilishi
  • integratsiya jarayoni natijasida 300dan ortiq kassa hududlarida yangilanish ishlari tashkil etildi.
Foto: Korzinka.uz

Ushbu 2 xizmat turining asosiy ustunliklari shundaki:

  • Karta to‘lov mobaynida jisman qatnashishiga hojat yo‘q. Bu esa uni uyda (biror joyda) unutib qoldirganda qo‘l keladi;
  • do‘konda xaridor plastik kartaning o‘rniga kassirga smartfoni ekranida QR-kodni ko‘rsatadi;
  • terminalga karta ulanib, qiymat va PIN kod kiritilishiga sarflanadigan vaqt sezilarli darajada qisqaradi, chunki kassir QR-kodni skanerlaydi va kerakli qiymat plastik kartadan ko‘chirib olinadi.
  • Xavfsizlik jihatidan QR-kod faqat 1 to‘lovga mo‘ljallangan, pulni ikkinchi marta yechib olib bo‘lmaydi. QR-kod amal qilish muddati - 30 soniya.
Foto: Korzinka.uz

Hozirgi vaqtda PaymeGo va Click Pass mobil xizmatlari Toshkent shahri va viloyatidagi barcha korzinka.uz, DISKONT va Smart supermarketlarida ishlamoqda. 2019-yilning boshida viloyatlardagi korzinka.uz DISKONT do‘konlarida ham ushbu yangilikni joriy etish mo‘ljallangan.

REDTAG zamonaviy kiyim-kechaklar do‘konlari tarmog‘ining esa respublikadagi barcha do‘konlarida amal qilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid