O‘zbekiston | 21:02 / 18.03.2026
3571
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda bahorgi ta’til 20 mart kunidan boshlanadi

O‘quv yilining 4-choragi 30 mart (dushanba) kunidan boshlanadi.

Foto: Kun.uz

Ramazon hayiti 20 mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20 martdan boshlanib 28 martga qadar davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quv yilining 4-choragi 30 mart (dushanba) kunidan boshlanadi.

Qayd etilishicha, 20 mart (juma) kunidagi va 28 mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid