Prezident farmoniga köra, 2026 yil 1 fevraldan kitobxonlikni ommalaştiriş böyiça “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oşiriladi. Şuningdek, davlat organlarining kitob va kitobxonlik mavzusidagi materiallari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinişi qayd etildi.

Hujjatda transport vositalarida — avtobus, metro, samolyot va poyezdlarda — simsiz yoki mobil internet tarmoği orqali Mutolaa platformasidan foydalaniş uçun şaroit yaratiş, qulaylik uçun QR-kodlar örnatiş vazifasi ham belgilangan.

Şu bilan birga, umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari taşkil etiladi. Klublar faoliyati doirasida:

  • a’zolar örtasida kitob tahliliga bağişlangan debatlar ötkaziladi;
  • maktablarda klub a’zolariga yiliga kamida 20 ta kitob öqitib boriladi;
  • har çorakda tuman (şahar) kesimida eng faol klub a’zolari rağbatlantiriladi.