Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu 2010 yildan buyon ilk marta mavsumni samaradorlik bo‘yicha yomon boshladi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 7-turida «Eybar»ga qarshi kechgan uchrashuvda gol ura olmadi va golsiz uchrashuvlari seriyasini 3taga yetkazdi.
Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik ushbu hujumchi Ispaniya chempionatida atigi bitta gol urgan.
Ushbu natija uning Ispaniya chempionatida 4 uchrashuvda qayd etgan eng yomon natijasi hisoblanadi. U mavsumning boshidagi 2ta uchrashuvni jarohatlar tufayli, keyinroq yana bir turda «Espanol» bilan bahsni gripp tufayli o‘tkazib yubordi.
Ronaldu 2010/11 yilgi mavsumda ham Ispaniya chempionatining 4 o‘yinida bittagina gol urgandi.
Hujumchining Ispaniya chempionatidagi dastlabki 4 uchrashuvda qayd etgan mavsumiy natijalari quyida:
2016/17 – 1 gol
2015/16 – 5
2014/15 – 9
2013/14 – 2
2012/13 – 2
2011/12 – 4
2010/11 – 1
2009/10 – 5.
Manba — Tribuna.uz
Mavzuga oid
15:35 / 20.11.2025
Davlat korxonalari faoliyati samaradorligi oshiriladi
11:32 / 19.11.2025
Vaqtingiz necha pul turadi?
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
10:16 / 14.03.2024