Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari va xöjalik birlaşmalari rahbarlari va ular örinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (KRI), ularga erişiş böyiça “yöl xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturi hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

Samaradorlik körsatkiçlariga öz vaqtida va sifatli erişilişini ta’minlaş va ularning bajarilişini monitoring qiliş tizimini raqamlaştiriş maqsadida:

samaradorlik körsatkiçlari bajarilişi töğrisidagi ma’lumot har çorakda samaradorlik.uz elektron platformasiga  kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning örinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi şakllanadi;
har bir samaradorlik körsatkiçiga belgilanadigan salmoq ölçovi yiğindisidan kelib çiqib, samaradorlik körsatkiçlari ular bajarilişi 70 foizdan kam bölganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgaça – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgaça – “yaxşi” hamda 100 foiz va undan yuqori bölganda “a’lo” deb baholanadi.