“Davlat korxonalarida tannarxni kamaytiriş va samaradorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoyişi (F–59-son, 18.11.2025 y.) qabul qilindi.

Hujjatni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsad — 2026 yil davomida davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytiriş, ular faoliyati samaradorligini oşiriş hamda mehnat unumdorligini kötarişdan iborat.

Farmoyişga muvofiq, davlat korxonalarida tannarxni kamaytiriş va mehnat unumdorligini oşirişning quyidagi asosiy yönalişlari belgilab qöyildi, jumladan:

🔹 xarajatlarni har çorakda qayta tahlil qiliş (spending review) orqali kelgusi davrdagi har bir yönaliş ustuvorligidan kelib çiqib budjetni töliq “noldan” qayta körib çiqiş;
🔹 tejamkor işlab çiqariş va me’yorlaş tamoyillarini joriy etiş.

Şuningdek, davlat korxonalarida tannarxni kamaytiriş va samaradorlikni oşiriş masalalarini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi tuziladi.

Komissiyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

🔸 davlat korxonalariga xarajatlarni maqbullaştiriş va samaradorlikni oşiriş böyiça dasturlar tayyorlaşda metodologik yordam körsatiş;
🔸 tölov tizimini takomillaştiriş orqali debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytiriş.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, mazkur çora-tadbirlar davlat korxonalari moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş, ularning raqobatbardoşligini oşiriş va budjet mablağlaridan samarali foydalanişga xizmat qilişi kutilmoqda.