Aytaylik, siz uyingizni tartibga keltirmoqçisiz. Bu – uyni tozalaş, boğ işlari yoki mebellarni köçiriş işlari bölişi mumkin. Şu kabi işlarda özingiz işga yeng şimarasizmi yoki yollanma işçi xizmatidan foydalanasizmi?
Siz özi tozalik işlarini qançalik yoqtirasiz? Işçilar işlayotganda nima bilan band bölasiz? Sizning yaqin kunlardagi moliyaviy rejalaringiz qanday? Özi uyni saramjonlaşda qöşimça “qöllar” şartmi?
Juda köp holatlarni hisobga olib, bu savolga aniq javob beriş biroz muşkul. Şuning uçun savolni soddalaştirib köramiz: bir soatlik iş haqingiz miqdorini soatbay iş bozoridagi bir soatlik “stavka” bilan soliştirsak-çi? Agar sizning soatlik tarifingiz mardikornikidan yuqori bölsa, uni işga jalb qiliş iqtisodiy jihatdan töğri bölişi mumkin. Albatta, bu juda sodda soliştiruv, lekin bizning quyidagi kiçik tahlilimiz uçun töğri keladi.
1 soatlik mehnat qiymatingiz qança turadi?
Iqtisodiyotda “vaqtning qiymati” – insonning bir birlik vaqt davomida yaratadigan qiymati yoki yöqotadigan imkoniyati hisoblanadi. Agar siz frilanser sifatida maqolalar yozsangiz, logotiplar tayyorlasangiz yoki veb-saytlarni loyihalaştirsangiz, har bir tayyor mahsulot uçun sizga ma’lum bir summa tölanadi. Har bir iş uçun örtaça vaqt sarfidan kelib çiqib, mehnatingizning bir soati qança turişini oson hisoblaşingiz mumkin. Murakkab bölmagan sayt tayyorlaş uçun taxminan 20 soat vaqt sarflanganda va 6 mln iş haqi belgilanganda:
6 000 000 : 20 = 300 000 söm (1 soat uçun)
Deylik, sizda mijozlarning oqimi yaxşi va har doim qöşimça iş bilan şuğullaniş imkoniyati mavjud. Agar siz köproq daromad olişni istasangiz, yana ikkita loyihani qabul qilişingiz mumkin. Endi siz kuniga odatdagi 6 soat örniga 8 soat işlaysiz. Har kuni işlaşga qança köp vaqt sarflasangiz, şunça köproq daromadga ega bölasiz. Boşqa narsalarga sarflagan har bir soatingiz 300 000 söm oliş uçun ötkazib yuborgan imkoniyatingiz hisoblanadi.
Iqtisodiy fanda bu atama özbekçada “muqobil xarajatlar”, inglizçada esa “opportunity cost” deyiladi.
Özingizmi yoki tozalaş xizmati?
Aytaylik, sizning xonadoningizni 4 soatda, 800 000 söm evaziga tozalab berişni taklif etuvçi servis xizmati bor. Xizmat narxi bir soat uçun 200 000 sömni taşkil qiladi. Sizning bir soatlik xizmat haqqingiz esa 300 000 turadi. Agar sizda şu vaqt oraliğida naqd buyurtmangiz bölsa yoki bu iş sizning keyingi vazifalarni bajarişda samaradorligingizni tuşirsa, farroş xizmatidan foydalaniş iqtisodiy jihatdan töğri böladi.









