Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, xonadonda gaz sizib chiqib to‘plangan hamda chiroq yoqilishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida xonadon portladi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025 yil 12 fevral kuni G‘ijduvon tumanining Guliston mahallasida sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga viloyat FVB va G‘ijduvon tuman IIB mas’ul rahbarlari hamda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uyda gaz sizib chiqib to‘plangan hamda xonadon egalari chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda portlash aks etgan videolavha tarqaldi. Unda portlashdan so‘ng xonadon egalaridan biri yonayotgan holda ko‘chaga yugurib chiqqanini ko‘rish mumkin.
Portlash oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
10:52 / 26.12.2025