Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani Makrid mahallasi yaqinida amalga oşirilgan toğ portlatiş işlari yuzasidan Kun.uz söroviga javob berdi. Qömita ma’lumotiga köra, portlatiş işlari ötkazilgan hududga yaqin uylar hamda maktab binosi devorlarida kuzatilgan mayda yoriqlarning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş uçun vakolatli taşkilotlar tomonidan qöşimça tekşiriş ötkaziş maqsadga muvofiq.

Ma’lum qilinişiça, hokimlik, favqulodda vaziyatlar, ekologiya idoralari hamda mahalla rahbarlaridan iborat işçi guruh hodisa joyida örganiş işlarini olib borgan.

Örganiş jarayonida portlatiş işlari Kitob tumani “Makrid” MFYga qaraşli Qurama qişloği hududida joylaşgan, “Quality Metal House” MÇJga tegişli “Maqrid” marmarlaşgan ohaktoş konida amalga oşirilgani aniqlangan. Qömita ma’lumotiga köra, mazkur korxona 2024 yil 28 iyun kuni elektron onlayn auksion orqali ötkazilgan savdoda ğolib bölib, Zarafşon-3 uçastkasida geologik qidiruv işlarini olib boriş huquqini qölga kiritgan. Geologik örganiş işlaridan söng noruda foydali qazilmalarni qazib oliş uçun tegişli ruxsatnoma rasmiylaştirilgan.

Qayd etilişiça, “Quality Metal House” MÇJ portlatiş işlarini mustaqil amalga oşiriş vakolatiga ega emasligi sababli, portlaş işlari “75-maxsus boşqarmasi” MÇJ pudratçi taşkiloti tomonidan bajarilgan.

Işçi guruh tomonidan portlatiş işlari ötkazilgan hududga eng yaqin aholi yaşaş xonadonlari vizual tarzda közdan keçirilgan. Aniqlanişiça, Qurama qişloğida jami 30 ta xonadonda 150 nafar aholi yaşaydi va eng yaqin uy portlaş hududidan taxminan 600 metr masofada joylaşgan. “Navröz” MFYga qaraşli Örtaçil qişloğida esa 45 ta xonadonda 183 nafar aholi istiqomat qiladi. Uşbu hududdagi eng yaqin uy portlaş nuqtasidan taxminan 1240 metr masofada joylaşgan.

Örganiş davomida Qurama qişloğida yaşovçi ayrim fuqarolarning uy devorlarida mayda suvoq yoriqlari mavjudligi aniqlangan. Şuningdek, “Navröz” MFYda yaşovçi ayrim fuqarolar uylarida ham şunga öxşaş yoriqlar kuzatilgan. Bundan taşqari, “Navröz” MFY hududida joylaşgan 77-sonli umumta’lim maktabi direktori tomonidan portlatiş işlari amalga oşirilganidan söng maktab binosi devorlarida ham mayda yorilişlar kuzatilgani ma’lum qilingan. Ammo mazkur yoriqlar qaçon va aynan qaysi sabablarga köra yuzaga kelganini aniqlaş imkoni mavjud emasligi ta’kidlangan. Şu sababli, uşbu holatlarga aniqlik kiritiş maqsadida vakolatli taşkilotlar tomonidan qöşimça örganiş işlari olib boriş maqsadga muvofiq ekani bildirilgan.

Şu bilan birga, portlatiş işlari olib borilgan hudud atrofida aholi yaşaş joylariga toş bölaklari uçib borgani yoki bevosita zarar yetkazilgani aniqlanmagan. Portlaş işlari tabiiy yer sathidan taxminan 25-30 metr balandlikdagi toğli hududda amalga oşirilgan bölib, mayda toş bölaklari portlaş markazidan 100-150 metr radiusda tarqalgani kuzatilgan.