Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
#kitobchallenge: O‘zsanoatqurilishbank tomonidan sirdaryolik yoshlarga kitoblar hadya qilindi
Foto: O‘zsanoatqurilishbank
Bugun, 2 aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi Raisi Aziz Voitov tomonidan Sirdaryo tumanidagi 40-umumta'lim maktabiga badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Shu yilning 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish masalasiga alohida to‘xtalib, “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi”, deya ta'kidlagan edi.
Prezidentimizning ushbu ezgu tashabbusi barcha davlat va jamoatchilik organlari qatori O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan holda Sirdaryo tumanidagi 40-umumta'lim maktabi kutubxonasi uch yuzdan ortiq kitob bilan boyitildi.
Kitoblar jamlanmasidan jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari hamda maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan sara ilmiy-ommabop asarlar o‘rin olgan.
O‘zsanoatqurilishbank yosh avlodning ma'nan barkamol bo‘lib ulg‘ayishida muhim omil bo‘luvchi ushbu aksiyada o‘z ishtirokini faol davom ettirib, maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga bel bog‘lagan.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021