Yuridik shaxslarga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun beriluvchi litsenziya talablari ma'lum bo‘ldi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Tibbiyot sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, yuridik shaxslarga tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning berilishida quyidagilar talablar va shartlar hisoblanadi:
a) quyidagilarning mavjudligi:
bosh shifokorda – oliy tibbiy ma'lumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot
va malakaviy toifa;
statsionar turdagi nodavlat tibbiy tashkilotda operatsiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda operatsiya qiluvchi vrachda – kamida birinchi malakaviy toifa;
xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;
mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat;
xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan ma'lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi;
xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya da'vogarida – da'vogarga mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan, sanitariya qoidalari, me'yorlari
va gigiyenik normativlarga mos bo‘lgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar;
litsenziya da'vogarida – da'vogarga mulkchilik asosida yoki boshqa mulkiy huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lgan, tegishli metrologik me'yorlar va texnika xavfsizligi me'yorlariga mos bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika;
terapevtik yo‘nalish va diagnostika ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya bo‘limi;
xirurgiya yo‘nalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya bo‘yicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya bo‘limi;
tibbiy xodimda – sterilizatsiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat;
b) qonunchilikka qat'iyan rioya qilgan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirish, bunda quyidagilarga rioya qilish:
litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar bo‘yicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamoatchilik sog‘lig‘i va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti filiallariga statistika ma'lumotlarini taqdim etish;
sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyenik normativlarga rioya qilish;
litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan o‘tgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish;
litsenziyalovchi organ tomonidan ruxsat berilgan dorivor, dezinfeksiya
va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish;
tibbiy faoliyatni qat'iyan litsenziyada ko‘rsatilgan doirada amalga oshirish;
v) ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda, muddatda va miqdorda yig‘imlarni, davlat bojlarini to‘lash.
Lisenziya da'vogari qayta tashkil etilgan, uning nomi, joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziya da'vogari va uning huquqiy vorisi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida so‘rovnoma berishi unga tegishli ma'lumotlarni ilova qilishi shart. Lisenziyani qayta rasmiylashtirish besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
“Oyi, men avariyaga uchradim” – Toshkentda g‘aroyib firibgarlik sodir etildi
Jamiyat | 15:02 / 14.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
Jahon | 02:51
-
Britaniya Xitoyga yangi elchixona qurish uchun ruxsat berishga tayyorligini bildirdi
Jahon | 00:56
-
Yaponiyada «megazilzila» sodir bo‘lish ehtimoli 80 foizgacha oshdi
Jahon | 00:34
-
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
Mavzuga oid
13:49 / 05.01.2025
Lisenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora ko‘rildi
21:30 / 30.12.2024
Telegram Malayziyada litsenziya olish uchun ariza berdi
11:11 / 25.12.2024
Toshkentda logoped markazida bemor bolalar davolangan. SSV markazda tibbiy litsenziya bo‘lmaganini ma’lum qildi
16:15 / 18.12.2024