Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy sud ishlari soddalashtirilgan tartibda ko‘riladi
Foto: Fotolia / Sebastian Duda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
Majlis avvalida deputatlar “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildilar.
Mazkur qonun loyihasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga iqtisodiy sudlar tomonidan da'vo summasi kam miqdorda bo‘lgan nizolarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rish to‘g‘risidagi normalar kiritishni ham nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, soliq to‘lovchining soliq qarzini uning mol-mulkiga qaratish talabi bo‘yicha, agar da'vo summasi yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan oshmagan miqdorda bo‘lsa, da'vo ariza bo‘yicha ishni soddalashtirilgan tartibda ko‘rilishini belgilash taklif qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi sudning hal qiluv qarorlari internetga joylashtirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
09:42 / 04.02.2026
Parlamentda mahalliy kengashlar vakolatlarini kuchaytirish taklifi ko‘rib chiqildi
21:07 / 13.01.2026