2019 yil 6 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalari körib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Matbuot xizmati xabariga köra, majlis avvalida deputatlar “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida Özbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini atrofliça muhokama qildilar.
Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi tegişli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan uşbu loyihaga binoan, iqtisodiy işlar böyiça sud muhokamalarida oşkoralikni ta'minlaş maqsadida Iqtisodiy protsessual kodeksiga sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarorlarini (yopiq sud majlislarida çiqarilgan hal qiluv qarorlari bundan mustasno) taraflarning roziligi bilan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-saytida e'lon qilinişi şartligiga doir normalar kiritilmoqda.
Ta'kidlanganidek, bugungi kunda sud muhokamalarida oşkoralik uni videokonferensaloqa rejimida ötkaziş, onlayn tarzida ham uzatiş hamda audio yoki videoyozuvga oliş yöli bilan ta'minlanmoqda. Sud muhokamalarida oçiqlik va oşkoralikni ta'minlaşdagi keyingi qadam esa, sudning hal qiluv qarorlarini internet tarmoğida, şu jumladan, Oliy sudning rasmiy veb-saytida e'lon qiliş hisoblanadi.
Şuningdek, mazkur qonun loyihasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga iqtisodiy sudlar tomonidan da'vo summasi kam miqdorda bölgan nizolarni soddalaştirilgan tartibda köriş töğrisidagi normalar kiritişni ham nazarda tutadi. Unga köra, soliq tölovçining soliq qarzini uning mol-mulkiga qaratiş talabi böyiça, agar da'vo summasi yuridik şaxslar uçun eng kam oylik iş haqining 20 baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun eng kam oylik iş haqining 5 baravaridan oşmagan miqdorda bölsa, da'vo ariza böyiça işni soddalaştirilgan tartibda körilişini belgilaş taklif qilinmoqda.
Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi tomonidan qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş davomida loyihaning taklif etilgan nomi özgartirildi, 4 ta yangi norma kiritildi, 3 ta norma çiqarib taşlandi. Muhokamalar davomida loyihaning deyarli barça normasi tahririy tuzatildi.
Deputatlarning fikriça, qonunçilikka kiritilayotgan bu kabi yangiliklar sud işlarini yuritiş tizimiga soddalaştirilgan tartib-taomillarni joriy qiliş, işlarni tezkorlik bilan körib çiqiş, muayyan turdagi nizolar böyiça hal qiluv qarorlarini kuzatib boriş imkonini beradi. Eng muhimi, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritiş” yillik hisobotida Özbekiston körsatkiçlarini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.












