Özbekistonda özi sodir etgan huquqbuzarlikni internetda tarqatganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Qonunçilik palatasi tegişli qonunni 17 mart kuni qabul qilib, Senatga yubordi.

Qonunga köra, şaxsning özi sodir etgan huquqbuzarligini ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida tarqatişi – ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Uşbu huquqbuzarlik sanksiyasi hozirça oçiqlanmadi.

Uşbu qonun bilan, şuningdek, internetda uyatli sözlar bilan sökiniş, fuqarolarga haqoratomuz şilqimlik qiliş hamda jamoat tartibini va fuqarolar osoyiştaligini buzuvçi xatti-harakatlarni sodir etiş, harbiy harakatlarda iştirok etişni tarğib qiluvçi materiallarni tarqatiş hamda ijro harakatlari davomida xatlangan mulk bilan boğliq qonunga xilof harakatlar uçun ham ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda.

Qonun loyihasi birinçi öqişda fevral oyi boşida körib çiqilgandi. 17 mart kungi yiğilişda aytilişiça, loyihani ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar hamda tegişli vazirlik va idoralarning fikrlari asosida uning ayrim normalari aniqlaştirildi hamda tahririy jihatdan takomillaştirildi.

Bu orqali axborot makonida huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarni tarğib qiliş holatlarining oldini oliş, şuningdek mazkur turdagi huquqbuzarliklar böyiça javobgarlikda mavjud huquqiy böşliqni bartaraf etiş közda tutilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.