Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rolls-Royce dunyodagi eng qimmatbaho avtomobilni taqdim qildi
Rolls-Royce dunyodagi eng qimmatbaho avtomobilni taqdim qildi. Boat Tail modelining eng qimmat versiyasi narxi 28,4 mln dollarni tashkil etdi.
Foto: rolls-roycemotorcars.com.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Boat Tail’ning yangi modeli kapotining orqa qismida kokteyllar uchun aylanuvchi stolcha, ichimliklarni saqlash uchun maxsus muzlatkich, stulchalar, qimmatbaho idishlar joylashtirilgan. Biroq avtomobilning eng qiziq jihati avtomatlashtirilgan soyaboni hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, noodatiy komplektatsiyadagi mashinani sayohatlarni va ochiq havoda tamaddi qilishni yoqtiruvchi badavlat juftlik buyurtirgan.

Britan markasi vakillarining ta'kidlashicha, avtomobilni loyihalash va ishlab chiqarish 4 yil vaqt va «har bir detaliga sinchkov e'tibor» talab etgan.
Eksklyuziv avtomobilning narxi 28,4 mln dollarni tashkil qiladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu pulga Rolls-Royce’ning 710 ming dollar turuvchi flagman limuzini Rolls-Royce Phantom’dan 40tasini sotib olish mumkin.

Bungacha dunyoda eng qimmat mashina 2019 yilda taqdim etilgan 16,3 mln dollarlik Bugatti La Voiture Noir giperkari bo‘lib kelayotgandi.

Rolls-Royce vakillarining aytishicha, Boat Tail’ning bunday qimmatligi avtomobil noldan boshlab loyihalanib, ishlab chiqarilgani bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
14:33 / 01.12.2024
Hindistonlik roja Rolls-Royce’dan chiqindi yig‘uvchi mashina sifatida foydalanganmi?
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi
18:40 / 17.10.2023