Rolls-Royce (RR.L) kompaniyasi biznesni optimizatsiya qiliş yölida 2,5 ming işçisi bilan xayrlaşişini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Kompaniya sönggi 10 yil içida bir neça marta xodimlarini işdan böşatdi. Bu davrda tizimdagi özgarişlar sabab 13 ming işçi örni qisqartirildi. 

2023 yil yanvarida Rolls-Royce boş direktori lavozimini egallagan Tufan Erginbilgiç kompaniya muammolarini bartaraf etişga harakat qilmoqda. Boisi Rolls-Royce keng fyuzelyajli samolyotlar sektorida asosiy raqobatçisi General Electric’ga raqobatni boy berib kelmoqda.

17 oktyabr kuni e’lon qilingan bayonotda 42 ming xodimning 2,5 mingi işdan olinişi aytilgan. 

«Bu samarador, raqobatbardoş, barqaror Rolls-Royce’ni yaratiş uçun köp yillik transformatsiya yölidagi yana bir qadamdir», — deydi Erginbilgiç.

Rolls-Royce qaysi mamlakatdagi işçilari qisqartirilişi haqida ma’lumot bergan. Kompaniyaning Buyuk Britaniyada 21 ming, Germaniyada 11 ming, AQŞda esa 5,5 ming xodimi bor. 

Ma’lumot uçun, Rolls-Royceʼning dvigatellari, tizimlaridan Airbus 350, Boeing 787 kabi samolyotlar, şuningdek, kemalar, suvosti kemalari, energiya işlab çiqariş sohalarida foydalaniladi. 

Reuters’ga köra, uzoq masofali reyslarning qayta tiklanişi, yangi boş direktorning strategiyasi sabab joriy yil Rolls-Royce’ning aksiyalari 130 foizdan köproqqa qimmatlagan.