Bugun internetdan qidirib körsangiz, tarixda Rolls-Royce maşinalari Hindistonda köça tozalovçi texnika sifatida işlatilgani haqidagi hikoyalarga duç kelasiz.
Ana şu hikoyalarda bitta farq bor. Ularda qimmatbaho maşinani xor qilib, undan çiqindi yiğuvçi texnika sifatida foydalanilgan şaxsning nomi har xil keladi.
Ayrimlar hikoyada keltirilgan hodisani yolğon deydi. Boşqalar rostligini, buni isbotlovçi fotosurat borligini ta’kidlaydi. Biroq fotosurat boşqa joyda olingan deydiganlar ham bor.
Hikoya
Barçasi 1919 yoki 1920 yilda hind rojalaridan birining Londonga borişidan boşlangan. Öşa paytlarda Hindiston Britaniya mustamlakasi bölib, mamlakatning uzoq hududlarida mahalliy rojalarning hokimiyati saqlanib qolayotgandi.
Inglizlarga boj tölab turgan rojalar öziga tegişli hududda hukmdorlik qilar, soliqlar va boşqa yiğimlar hisobidan boy yaşardi. Londonga borgan Alvar rojasi Jay Singx ham şunday hukmdorlardan biri edi.

Foto: deepanshpalawat.medium.com
Roja London köçalarini oddiy kiyimda, mulozimlarsiz aylanib yurganda Rolls-Royce maşinalari sotiladigan avtosalonga duç keladi. U maşinalar imkoniyatlari va xususiyatlari bilan tanişiş uçun avtosalonga kiradi.
Şunda sotuvçilar qarşilarida turgan rojani kambağal hind deb öylaşadi va uning ustidan kulib, avtosalondan çiqarib yuborişadi.
Roja avtosalon sotuvçilarining bu işidan juda ğazablanadi. Özini haqorat qilingan va kamsitilgan deb hisoblaydi.
U mehmonxonaga qaytib keladi va mulozimlariga avtosalonga qönğiroq qilib, Hindistonning Alvar knyazligi hukmdori bir neçta maşina sotib olişga qiziqqani haqida xabar berişlarini buyuradi.
Bir neça soat ötgaç, roja yana avtosalonga keladi. Bu safar u pörim kiyimlarda va boy mulozimlar qurşovida edi. Avtosalonda boy hindning oyoği ostiga qizil gilam töşab kutib olişadi. Jay Singx içkariga kirganda sotuvçilar unga hatto egilib ta’zim ham qilişadi.
Roja öşa paytda avtosalonda bölgan oltita maşinaning hammasini sotib oladi. U maşinalarning puliga qöşib, ularni Alvarga yetkazib beriş xarajatlarini ham tölaydi.

Foto: autowp.ru
Jay Singx Hindistonga qaytgandan söng özi sotib olgan oltita Rolls-Royce’ni şahar obodonlaştiriş bölimiga topşiradi va ulardan çiqindilarni taşiş, köçalarni supuriş işlarida foydalanişni buyuradi.
Şu tariqa öşa paytda dunyoning eng yaxşi va eng qimmat maşinalari hisoblangan oltita Rolls-Royce Alvar şahri uçun xizmat qiladigan maxsus texnikaga aylantirildi.
Köp ötmay Rolls-Royce’larning Hindistonda köça tozalayotgani haqidagi xabar butun dunyo böylab tarqaladi va bu avtokompaniya obrösiga jiddiy putur yetkazadi.
Şundan söng kimdir özida Rolls-Royce maşinasi borligi bilan maqtansa, atrofidagilar uning ustidan kulib: “Qaysi biri? Hindistonda köçalarni tozalaydigan va çiqindilarni taşiydigan, öşami?” deb uning ustidan kuladigan bölişadi.

Şuningdek, obrösiga jiddiy putur yetganidan söng Rolls-Royce maşinalari savdosi ham keskin tuşib ketadi va kompaniya daromadlari qisqaradi.
Yakunda kompaniya rahbariyati hindistonlik rojaga telegramma jönatib, Londondagi avtosalonga taşrifi çoğida sotuvçilar qilgan xatti-harakat uçun uzr söraydi.
Bundan taşqari, kompaniya rojaga yana oltita Rolls-Royce maşinasini sovğa sifatida yuboradi. Roja kompaniya rahbariyatining uzrini qabul qiladi va maşinalardan çiqindi yiğiş va köça tozalaş işlarida foydalanişni töxtatadi.
Hodisa aslida bölganmi?
Bu hikoyadagi hodisa sodir bölganiga juda köpçilik işonadi. Boşqalar esa bunday bölmagan, deydi. Hikoyaga işonmaydiganlar quyidagi sabablarni keltirişadi:
1. Ma’lum bölişiça, Jay Singx bunday hikoyaning yagona qahramoni emas. Hikoyada sodir bölgan voqeani boşqa hind rojalariga ham nisbat berişgan. Öşa hikoyalarda sana va joy farq qiladi.
Masalan, The Vintage News gazetasi uşbu hikoyaning qahramoni sifatida Alvar rojasi Jay Singxni keltirgan. Medium naşri esa hodisa Bahavalpur rojasi Navab Sodiq Muhammad Xon Abbosiy bilan sodir bölganini ta’kidlagan.
Internet olamidan qidirib körilsa, Rolls-Royce maşinalari bilan bölgan hodisa Haydarobod hokimi Mir Mahbub Ali Xon, Patiala rojasi Bhulinder Singx va şu kabi boşqa hukmdorlar bilan sodir bölgani haqidagi ma’lumotlar ham uçraydi.
Ularni öqib, barça hind rojalari Londondagi Rolls-Royce Royce avtosalonida haqoratga duç kelgan va qimmatbaho maşinalarni sotib olib çiqindi yiğdirgan degan öyga boriş mumkin.

2. Boşqa bir talqinga köra, hindistonlik roja qimmatbaho maşinalarni Hindistonga jönatmagan. Ularni çiqindiga töldirib, London böylab aylantirib çiqqan. Bu ham qiziq hikoya bölsa-da, biroq uning ham dalili yöq.
3. Köpçilik oldiga supurgi boğlagan Rolls-Royce maşinasi tasvirlangan fotosuratni hodisaga dalil sifatida keltiradi.
Biroq The Vintage News naşrining yozişiça, maşinaga supurgi boğlab yurişning sababi şahar köçalarini tozalaş bölmagan.
Maşinalarning şinasiga köçada yotgan ötkir tiğli narsa kirib ketişining oldini oliş uçun ularning ikki çetiga supurgi boğlaşgan.
Maşinaga boğlangan supurgilar şina ostini köçalarda yotgan mix va şişa kabi ötkir narsalardan tozalab ketavergan va şikastlanişining oldini olgan.
Şuningdek, suratdagi maşina Rolls-Royce emas deguvçilar ham bor. Ayrim avtomutaxassislarning fikriça, u 1930-yillar boşlarida işlab çiqarilgan Ford maşinasi bölişi mumkin.
Bundan taşqari, fotosuratga e’tibor berib qaralsa, maşina atrofidagi odamlar hindlarga umuman öxşamaydi.
Şunga öxşaş fotosuratni internetda “Arab namoyişlari, 1936 yil” nomli sarlavhasi bilan ham berilganini köriş mumkin. Boy arab şayxlari namoyişçilar tomonidan köçaga soçilgan mixlar şinaga kirmasligi uçun maşinaga supurgi boğlab harakatlangan.
Bularning barçasi “haqoratlangan hind rojasi” haqidagi qiziqarli hikoya jurnalistlar tomonidan öylab topilgan bölişi mumkinligini körsatadi.
Ayrimlar hind rojasi haqidagi hikoyani Rolls-Royce kompaniyasining özi brendni Hindistonda ommalaştiriş uçun tarqatgan bölişi ham mumkin deydi.
Çunki bu ikki davlatda uruşdan avval va keyin qimmat maşinalarni sotib olişga qurbi yetadigan juda köp boy rojalar yaşagan. Kompaniya ularni öz maşinalariga qiziqtiriş uçun şu usuldan foydalangani ehtimoli bor.

Foto: cartoq.com
Bu talqin ham bekorga kelib çiqmagan. Ma’lumotlarga köra, Birinçi jahon uruşigaça 20 mingdan ortiq Rolls-Royce işlab çiqarilgan va ularning taxminan 20 foizi Hindistonga eksport qilingan.
Öşanda bu davlatda 230 ta hukmdor roja bölgan va ular 900 dan oşiq Rolls-Royce maşinalariga egalik qilgan. Bu har bir roja örta hisobda qariyb 4 ta Rolls-Royce maşinasiga ega bölganini anglatadi.
Şu sababli kamsitilgan roja haqidagi hikoyani reklama sifatida kompaniyaning özi tarqatgan bölişi ehtimolga yaqin. Tağin kim bilsin?!
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.













