Unga ko‘ra, amaldagi qonunning 14-moddasidagi, fuqarolarning (diniy tashkilotlar xizmatchilaridan tashqari) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi band chiqarib tashlanishi kutilmoqda.

Hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita yangi tahrirdagi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan yangiliklarni sanab o‘tdi.

– diniy sohadagi qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga ta'rif berildi;

– vijdon erkinligini ta'minlashning va diniy tashkilotlar faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi;

– vijdon erkinligini ta'minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi;

– har bir shaxsning diniy ta'lim muassasalarida professional diniy ta'lim olishi, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida diniy ta'lim berish) o‘rgatish huquqi belgilandi;

– diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, ular ta'minlanishining kafolatlari, shu jumladan yuqori turuvchi organ yoki sudga mansabdor shaxslarning diniy tashkilotlarning huquq va erkinliklarini buzuvchi qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha ular sudga murojaat qilganda, davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi mustahkamlab qo‘yildi;

– diniy tashkilot rahbarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi to‘g‘risidagi talab bekor qilindi;

– diniy tashkilot rahbarligiga ko‘rilayotgan chet ellik fuqaro nomzodini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishish talabi chiqarib tashlandi;

– davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron tizimiga o‘tish orqali diniy tashkilotni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘rnatildi, unga ko‘ra quyidagilar belgilandi:

  • ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mahalla ishtiroki bekor qilindi;
  • diniy tashkilotlarning hujjatlarini notarial tasdiqlash tartibi bekor qilindi;
  • diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta'lim muassasasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi;