Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi ekologik tizimlarni, tabiat obektlarini asraş, saqlab qoliş va himoyasini kuçaytiriş, turistik-rekreatsion, soğlomlaştirişga möljallangan tabiiy obekt va majmualar degradatsiyasining oldini oliş maqsadida toza hudud rejimini joriy etişga qaratilgan.

Qonun loyihasida toza hudud rejimi amal qiladigan hududlarda ekologik tizimlar barqarorligining buzilişi va tabiiy landşaftlar körinişining özgartirilişiga olib keladigan işlarni amalga oşirişni taqiqlaş belgilanmoqda.

Şuningdek, tabiiy organik polimer mahsulotlardan taşqari bir martalik plastik mahsulotlarning muomalada bölişini çeklaş hamda tuproqning unumdorligini oşiriş maqsadida organik öğitlardan foydalanişni rağbatlantiriş közda tutilmoqda. Bundan taşqari, polietilen polimer plyonkali paketlarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirişga qaratilgan normalar belgilanmoqda.

Yiğilişda ta’kidlanişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi ekologik barqarorlikni ta’minlaş, çiqindilar miqdorini kamaytiriş, aholi salomatligini muhofaza qiliş hamda tabiatni asraşga xizmat qiladi.

Ekologik partiya fraksiyasi a’zosi Mohira Xöjayeva ekologik toza hududlar rejimini joriy etiş nafaqat yaşil hayot tarzini qaror toptirişga, balki çiqindilarni kamaytiriş va qayta işlaş madaniyatini rivojlantirişga xizmat qilişini alohida qayd etdi.

Yakunda fraksiya a’zolari qonun loyihasini qabul qiliş mamlakatda ekologik siyosatni izçil amalga oşiriş va barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda muhim qadam bölişini ta’kidlab, uni takomillaştiriş böyiça bir qator takliflarni ilgari surdilar. Qizğin muhokamalardan söng, qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.