Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida fuqarolik va iqtisodiy sud işlarini soddalaştirilgan tartibda körib çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilindi.

Loyiha sud işlarini körib çiqiş muddatlarini qisqartiriş, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni tezroq hal etiş orqali iqtisodiy faoliyat samaradorligini oşirişga xizmat qilişi közda tutiladi.

Hujjat bilan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga da’vo miqdoriga boğliq holda soddalaştirilgan iş yuritiş tartibi qöllaniladigan işlar doirasini kengaytirişga oid özgartişlar kiritilmoqda.

Amaldagi qonunçilikka köra, da’vo bahosi nisbatan kiçik bölgan nizolar:

  • jismoniy şaxslarga nisbatan — BHMning 5 baravarigaça;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 10 baravarigaça;
  • yuridik şaxslarga — BHMning 20 baravarigaça bölgan işlar soddalaştirilgan tartibda körib çiqilmoqda.

Qonun loyihasiga köra esa soddalaştirilgan tartibda köriladigan işlar böyiça da’voning maksimal bahosi quyidagiça belgilanmoqda:

fuqarolik nizolari böyiça:

  • yuridik şaxslarga nisbatan — BHMning 150 baravarigaça;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravarigaça;
  • jismoniy şaxslarga — BHMning 50 baravarigaça;

iqtisodiy nizolar böyiça:

  • yuridik şaxslarga nisbatan — BHMning 150 baravarigaça;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravarigaça.

Uşbu özgarişlar natijasida köplab fuqarolik va iqtisodiy nizolar sudlarda soddalaştirilgan iş yuritiş tartibida körib çiqilişi, sud qarorlarining esa odatdagidan tezroq qonuniy kuçga kirişi ta’kidlandi.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinişi umumiy tartibda körilayotgan işlar katta qismini soddalaştirilgan tartibga ötkazişga, sud qarorlarining kuçga kiriş muddatini 30 kundan 10 kungaça qisqartirişga xizmat qiladi. Bu esa banklar balanslaridagi harakatsiz va muammoli aktivlar uluşini kamaytiriş, iqtisodiy nizolarni tezkor hal etiş, sud tizimidagi yuklamani qisqartiriş hamda banklar va tadbirkorlik sub’yektlari uçun moliyaviy barqarorlikni ta’minlaşga kömaklaşadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda qabul qilingani ma’lum qilindi.