O‘zbekiston | 11:43 / 08.10.2025
4846
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarning normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilyapti

“Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Foto: Qonunchilik palatasi

Loyiha bilan fuqarolarning normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘ini amaldagi 7 soatdan (soat 23:00 dan 06:00 gacha) 8 soatga (soat 23:00 dan 07:00 gacha), dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga o‘zgartirish taklif etilmoqda.

Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilyapti.

Shuningdek, aholi istiqomat qiladigan ko‘p kvartirali uylarda shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan oshadigan qurilish va ta’mirlash ishlarini ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Mavzuga oid