Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim o‘rinbosarlari faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qaror qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etiladi. Chora-tadbirlar Prezidentning 24.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas'uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5230-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi:
- mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari;
- huquqlari, shaxsiy mas'uliyati va javobgarligi;
- faoliyatini tashkil etish va uni baholash;
- eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari.
Namunaviy nizomlarga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga:
2021 yil 10 sentyabrga qadar har bir hokim o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
2021 yil 1 oktyabrga qadar hokimning maslahatchilari, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish topshirildi.