Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Joriy yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyatining Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasining (XPA) prezidenti G. Yarosh boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
G. Yarosh O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlik o‘rnatishga katta ishonch bildirdi. Uchrashuv davomida XPA Prezidenti ishtirokchilarni XPAning faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari bilan tanishtirdi.
Xususan, qayd etilganidek, assotsiatsiya atigi 23 yil avval tashkil topganiga qaramasdan, hozirgi kunda XPAga 180 ta davlat a'zo bo‘lib, u dunyoning ko‘p mamlakatlari prokuratura organlari orasida professional aloqalarni o‘rnatish uchun muhim platforma hisoblanadi. Shuningdek, G. Yarosh O‘zbekiston prokurorlarini 2019 yilda Minsk (Belarus) shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mintaqaviy konferensiyaga taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston XPAga a'zo bo‘lishi uchun tomonlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan davlat ichki protseduralarini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa a'zo davlatlar prokuraturalari bilan O‘zbekiston uchun manfaatli bo‘lgan aloqalarni o‘rnatishda XPA tomonidan yordam berilishiga og‘zaki kelishib oldilar.
Mavzuga oid
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020
BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekiston prokuraturasi haqidagi xulosalari e'lon qilindi
08:27 / 30.06.2020