O‘zbekiston | 18:04 / 12.11.2025
4598
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi vagonlari ko‘paytiriladi

Metropoliten rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda metrodagi tig‘izlik muammolari haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Foto: Kun.uz

2026 yilda 56 dona vagonni harid qilish ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni» DUK. Ta’kidlanishicha, buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi.

Metropoliten rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda metrodagi tig‘izlik muammolari haqidagi xabarlarga izoh berarkan, so‘nggi 6 yil davomida qo‘shimcha 33 km metro yo‘nalishlari va 21 ta yangi bekat qurib, foydalanishga topshirilganini ma’lum qildi. Buning natijasida metropoliten bekatlari soni jami 50 taga hamda yo‘nalishlar uzunligi 71 kmga yetdi.

2021 yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 920-930 mingni tashkil qildi va bugun bu son bir kunda 1 milliondan ortmoqda.

Yo‘lovchilar sonining ortib borishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish hamda yo‘lovchilarning bir manzildan boshqa manzilga borish vaqtlarini qisqartirish maqsadida so‘nggi 3 yilda tig‘iz vaqtda (7:30 dan 9:00 gacha) harakat tarkiblarining yo‘lovchi tashish bo‘yicha oraliq vaqti (interval) qisqartirilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid