Jamiyat | 15:04 / 07.06.2017
7058
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla aksiyalari rekord darajada qimmatlashdi

Amerikaning elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasining aksiyasi narxi 6 iyun kungi savdolarda o‘z rekordini o‘rnatdi. Ilon Mask kompaniyasi qimmatli qog‘ozlarining bir donasi 357 dollargacha ko‘tarildi. 

Pacific Crest tadqiqot firmasi kompaniya aksiyasining maqsadli qiymatini 439 dollar sifatida belgilagani shunga asos bo‘ldi. Bundan tashqari, sarmoyadorlar birinchi arzon elektrokar - Model 3 ishlab chiqarila boshlanishini kutishmoqda. U shu yilning iyul oyidan yig‘ila boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Tesla 2011 yildan birjaga chiqqan edi. O‘shandan beri uning aksiyalari narxi 1212 foizga qimmatlashdi. Yil boshidan beri kompaniya qimmatli qog‘ozlari 64 foizga o‘sdi. 

Mavzuga oid