21:53 / 01.07.2019
28144

«Tutga tegma! Uning yoshi bobokoloningdan ham ulug‘»: Aziyat chekayotgan Rishton xalqidan yana bitta «antiqa loyiha»

O‘tgan hafta Farg‘ona viloyati, Rishton tumani markazidagi 50-80 yillik zabardast chinorlar kesilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Katta yo‘lni kengaytirish maqsadida deya yo‘q qilinayotgan daraxtlarni kesilishiga aholi qanday norozilik bildirishni bilmadi. So‘ng, jurnalistlar yordamga kelib, chinorlarni kesilishini qonuniy yoki noqonuniy ekanligini aniqlashga harakat qilishdi.

Asli vodiy shaharlari qadimdan serdaraxt va soya-salqinligi bilan mashhur. Biroq keyingi yillarda viloyatlar va tuman markazlaridagi chinorlar ayovsiz kesilayotgani g‘oyat achinarli holat.

Rishton xalqi hunarmand va ijodkor ekanligini juda yaxshi bilamiz.

Kecha uyi buzilayotgan lekin, ayni paytda ko‘chib borgani joyi yo‘q bo‘lgan oilaning hokimiyat vakillari kechasi kelib buzib yubormasligi uchun o‘z uyi devoriga, “Bu yerda odam yashaydi”, deya bitik yozgani haqida maqola bergan edik.

 Rishtonliklar chinorlarni ayovsiz kesilganidan yurak oldirib, yetti yuz yildan ziyod yashab kelayotgan tut daraxtlarni asrab qolish uchun ularning tanasiga “Qo‘qon kandagi”. 1340 yilda ekilgan. Daraxt tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasida”, degan e'lonlarni ilib qo‘yishmoqda. 

O‘ylaymizki, 750 yillik daraxtlar tarixiy meros sifatida kesilmay qoladi. Aholi mazkur e'lonlar hokimiyat mutasaddilariga o‘z ta'sirini o‘tkazadi, degan umidda.

 Eh, rishtonliklar... Chinorlarga ham e'lon ilib chiqish kerak edi.

KUN.UZ yaqin vaqtlar ichida Rishtondagi holatlar bo‘yicha batafsil material e'lon qiladi.

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top