Farğona viloyati Rişton tumani markazidagi Farğona köçasida istiqomat qiluvçi aholi yaşab turgan uylari buzilişga tuşgani, ammo hokimlik ularga kerakli kompensatsiya tölamayotganidan şikoyat qilmoqda.
Kun.uz muxbiri mahallaga borib vaziyatni örgandi.

Ma'lum bölişiça, tuman hokimligi ularni aldab uylarini buzişni boşlagan va yerga qöşib kompensatsiya sifatida atigi 10 million sömdan mablağ bergan.
Ayni vaqtda tuman markazidagi qayta qurişlar boşlanişi munosabati bilan odamlarning yaşaş joylari buzilmoqda - 180ga yaqin turarjoy va noturar joylar buzilişi kutilmoqda.

Sayt muxbiri xabar qilişiça, bundan bir oy muqaddam bu masala örganilganida tuman hokimi örinbosari uyi buzilişga tuşgan har bir xonadon egasiga buziliş işlari boşlanişidan oldin kompensatsiya pullari va yerlar berilişi va'da qilingandi.
Lekin hokimlik odamlar yangi joyga köçib ötişini ta'minlamasdan, buziş işlarini boşlab yuborgan. Odamlarga 10 million sömdan pul berilgan - odamlar bu pul poydevorning bir qismiga ham yetmasligidan şikoyat qilişmoqda.
Uy egalari hokimiyat vakillari keçasi kelib uyni buzib taşlamasliklari — öz xavfsizligi uçun devorga «Bu yerda odam yaşaydi» yozuvini osib qöyişga majbur bölişmoqda.

Kun.uz yaqin vaqtlar içida uşbu holat böyiça batafsil material e'lon qiladi.




















