Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Kursk viloyatida halok bo‘lgan koreyalik harbiylarni taqdirladi
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR qurolli kuchlari «butun dunyo e’tiborini» o‘ziga tortgan va «qahramon armiya qudratini» tasdiqlagan.
Foto: AP
KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiyaning Kursk viloyati hududidagi jangovar operatsiyalarda qatnashgan harbiylarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Marosim Pxenyanda, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Markaziy axborot agentligi.
Kim Chen In tabrik so‘zida xorijiy harbiy operatsiyaning barcha ishtirokchilari «KXDR tarixida aks etadigan buyuk jasoratlarni amalga oshirganini» ta’kidladi. Koreya xalq armiyasi (KXA) jangchilari va qo‘mondonlari «davlatning mavjudligi va rivojlanishi uchun mustahkam kafolat» yaratganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR qurolli kuchlari «butun dunyo e’tiborini» o‘ziga tortgan va «qahramon KXA qudratini» tasdiqlagan. KXDR rahbari, shuningdek, xorijiy harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlashning asosiy kaliti «ommaviy xarakterdagi qahramonlik» ekanini ta’kidladi.

Markaz xabarida aniqlik kiritilishicha, urushdan qaytgan va urushda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarga oliy davlat mukofotlari, jumladan, KXDR Qahramoni unvoni topshirildi.






Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025