Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolga hokimiyatni suiiste’mol qiliş va KXDRga yordam beriş böyiça qöşimça ayblovlar qöydi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, yangi ayblovlarga ötgan yilning oktabr oyida KXDR çegarasi tomon uçirilgan dronlar sabab bölgan. Uni işga tuşiriş töğrisidagi buyruq, taxminlarga köra, Şimoliy Koreyani harbiy harakatlarga undaş maqsadida berilgan bölib, keyinçalik undan mamlakatda harbiy holat e’lon qiliş uçun foydalaniş mumkin edi.

Maxsus prokurorlar guruhi sobiq prezidentni «xorijiy tajovuzga undaş»da ayblaş imkoniyatini körib çiqdi, ammo bu ayblov uning duşman davlat bilan til biriktirganini isbotlaşni talab qiladi. Buning örniga, hozir unga KXDR hududida dronning qulaşi harbiy sirning oşkor bölişiga olib kelgani haqidagi xulosaga asoslanib, «umumiy duşmanga yordam körsatiş» moddasi böyiça ayblov qöyilmoqda. Dron Pxenyan yaqinida urib tuşirilgan edi.

Şimoliy Koreya oktabr oyida Seul Pxenyan uzra KXDRga qarşi varaqalar tarqatiş uçun dronlar yuborganini ma’lum qilgan va Janubiy Koreyaning qulagan harbiy droni qoldiqlari suratlarini e’lon qilgandi. Uçuvçisiz operatsiyalar qömondonligi rahbari Kim Yon De iyul oyida ötkazilgan söroqda bu voqea KXDRga nisbatan provokatsiya ekanini rad etdi. Uning ta’kidlaşiça, dron parvozi Şimoliy Koreyadan çiqindi töldirilgan havo şarlari uçirilişiga javoban «maxfiy harbiy operatsiya»ning bir qismi bölgan.

Bu ayblovlar sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va kontrrazvedka qömondonligining sobiq rahbari Yo In Xyonga ham qöyilgan. Agentlikning qayd etişiça, uşbu holatda KXDRga yordamçilik fakti ayblanuvçilarning xorijiy davlat bilan aloqalari isbotlangan yoki isbotlanmaganidan qat’i nazar aniqlanadi. Uşbu modda Janubiy Koreya manfaatlariga yetkazilgan har qanday harbiy zarar uçun qöllanilişi mumkin.

Yun Sok Yol 2022 yil may oyidan beri Janubiy Koreya prezidenti edi. 2024 yil dekabr oyida Milliy Assambleya uni qisqa muddatli harbiy holat joriy etgani uçun lavozimidan çetlatdi, bu esa hokimiyatni özlaştirişda gumon qilinişiga sabab böldi. Aprelda Yun Sok Yolning impiçmenti uzil-kesil tasdiqlandi. Keyinçalik sobiq prezident bir neça muvaffaqiyatsiz urinişlardan söng hibsga olindi.