Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import tovarlarning har bir partiyasiga alohida muvofiqlik sertifikati berishdan voz kechiladi
Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, shartnomada ko‘rsatilgan hajm uchun beriladi. Xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflar qayta ko‘rib chiqiladi. 5 ta sohadagi eksportyorlarga aylanma mablag‘ uchun 700 mln dollar ajratiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
Avval xabar berilganidek, arzon xomashyo bilan ta’minlash maqsadida 2028 yil 1 yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etilmoqda. Lekin bunday muammo sanoatning boshqa sohalarida ham bor.
Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi kerakligini aytmoqda. Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida barcha sohalardagi tadbirkorlardan bu yo‘nalishda 130 ta murojaat kelib tushgan.
Davlat rahbari bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga mas’ul o‘rinbosarlariga 1 noyabrga qadar har bir tarmoq, hududiy korxonalar talabini o‘rganib, boshqa xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, shartnomada ko‘rsatilgan hajm uchun beriladi.

O‘tgan hafta 200 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashilib, sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 7 trillion so‘mlik tashabbuslar e’lon qilingan edi.
Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, tez kunlarda to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi va buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Bu elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari to‘liq ishga solinmagan sohalar uchun ham joriy etiladi.
Ushbu sohalardagi tadbirkorlarning aylanma mablag‘i uchun 500 million dollar beriladi.
Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotiga “O‘zbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasi boshlanadi.
Poytaxt va viloyat markazlaridagi korxonalarini mehnat resursi, bo‘sh yeri ko‘p tumanlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tekstil sohasidagi tadbirkorlarga 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi. Prezident ishchi kuchi ko‘p talab qiladigan boshqa tarmoq korxonalari ham bunday tashabbus bilan chiqsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid
12:57 / 27.12.2025
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida eksport hajmini 3,3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
15:05 / 26.12.2025
O‘zbekiston eksportida Rossiya yetakchi: 11 oyda 4 mlrd dollar
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
15:34 / 17.12.2025