“Dunyo” AA xabariga köra, taqdimotda joriy yilda töqimaçilik sanoatida erişilgan natijalar, işlab çiqariş va eksport dinamikasi hamda 2026 yil uçun rejalar atrofliça körib çiqilgan.
Qayd etilişiça, 2025 yilda töqimaçilik sanoatida:
- işlab çiqariş hajmi — 134 trln söm;
- xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş — 2,1 mlrd dollar;
- eksport hajmi — 2,5 mlrd dollarni taşkil etgan.
Şuningdek, tarmoqda band aholi soni 623 ming nafarga yetgani, 2026 yilda uni 650 ming nafargaça oşiriş imkoniyati borligi ta’kidlangan.
Ma’lum qilinişiça, 2026 yilda paxta xomaşyosini qayta işlaşni yanada çuqurlaştiriş, gazlama, trikotaj va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasini oşiriş rejalaştirilgan. Maqsadli körsatkiçlar:
- mahsulot işlab çiqariş hajmi — 147 trln söm;
- eksport — 3,3 mlrd dollar.
Naşrda keltirilişiça, tarmoqqa 2,2 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş reja qilingan. Buning hisobiga:
- 207 ming tonna sintetik va aralaş ip işlab çiqariş;
- 397 mln kv.m gazlama;
- 224 mln dona tikuv-trikotaj mahsulotlari;
- 108 mln kv.m mato böyaş böyiça qöşimça quvvatlar barpo etilişi közda tutilgan.
Pokiston OAV qayd etişiça, yiğilişda tarmoq rivojiga tösqinlik qilayotgan bir qator omillarga ham e’tibor qaratilgan. Xususan, paxta tolasiga talabning bir qismi import hisobiga qoplanayotgani, moliyaviy resurslar qiymatining yuqoriligi, taşqi bozorlarda logistika xarajatlari ortişi va ayrim yönalişlarda malakali mutaxassislar yetişmasligi dolzarb masalalar sifatida körsatilgan.
Muammolarni hal etiş uçun 2026 yilga möljallangan çora-tadbirlar doirasida:
- korxonalarga aylanma mablağ uçun 200 mln dollar imtiyozli kredit ajratiş;
- 138 ta korxonani moliyaviy soğlomlaştiriş;
- 100 ta yangi korxonani eksport faoliyatiga jalb qiliş rejalaştirilayotgani aytilgan.
Şuningdek, xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etişga alohida urğu berilgan bölib, Better Work, BCI, FWF, Organic EU kabi dasturlar 60 ta korxonada tatbiq etilişi bildirilgan.













