Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, eksport yönalişlari kesimida eng katta uluş Rossiya hissasiga töğri kelib, 11 oyda uşbu mamlakatga 4 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan. Şuningdek, Xitoy, Afğoniston va Qozoğiston ham Özbekiston eksportida yirik hamkorlar qatorida qolmoqda.
Hisobot davrida Özbekiston eksportida uluşi yuqori bölgan top-10 davlatlar (AQŞ dollarida):
- Rossiya — 4 mlrd;
- Xitoy — 1,9 mlrd;
- Afğoniston — 1,3 mlrd;
- Qozoğiston — 1,3 mlrd;
- Turkiya — 1 mlrd;
- Fransiya — 775,8 mln;
- BAA — 642,7 mln;
- Qirğiziston — 560,4 mln;
- Tojikiston — 531,8 mln;
- Pokiston — 321,8 mln.
Qayd etilişiça, keltirilgan raqamlar eksport geografiyasining kengayib borayotganini ham körsatadi: an’anaviy hamkorlar bilan birga Yevropa va Yaqin Şarq davlatlari hissasi ham sezilarli saqlanib qolmoqda.











