Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston pochtasi» qator davlatlarga pochta jo‘natmalari qabul qilishni boshladi
Joriy yilning 16 martidan boshlab koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishi munosabati bilan barcha mamlakatlarga havo, temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish to‘xtatildi.
Shu sababli, «O‘zbekiston pochtasi» AJ tegishli choralarni ko‘rgan holda, xalqaro pochta jo‘natmalarini yuborish va yetkazib berish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda, deyiladi «O‘zbekiston pochtasi» xabarida.
Qayd etilishicha, global xavfsizlik choralarining kuchayishi tufayli havo va temir yo‘llari transportlari doimiy ravishda turli mamlakatlarga parvozlar rejasi o‘zgartirilmoqda yoki kamaytirilmoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarga havo transporti qatnovi butunlay to‘xtatilgan.
Havo transportining to‘xtatilishini inobatga olgan holda, «O‘zbekiston pochtasi» AJ yer usti transporti orqali yuboriladigan pochta jo‘natmalarini quyidagi davlatlarga qabul qilishi aytiladi: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya, Daniya, Italiya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Lyuksemburg, Latviya, Malta, Gollandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Fransiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, Ukraina, Xitoy, Litva, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya.
Transport aloqalari tiklanishiga qarab ushbu davlatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritib borilishi bildirilgan.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ichki jo‘natmalar doimiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:57 / 07.11.2025
Pochta va kurerlik jo‘natmalari uchun yangi bojxona tartibi tasdiqlandi
16:17 / 20.10.2025
Aksilkorrupsiya agentligi UzPost'ni xususiylashtirishda shaffoflikni talab qildi
09:00 / 19.10.2025
Tappi qilishga chorlov va Toshkent uchun yangi aeroport - hafta dayjesti
15:36 / 13.10.2025